DILYORA
9 Noy 2019   2   12   0   0
DILYORA
2-QISM
Kunni issiqligini qarang tashqarida yurib bo'lmaydiya. Xonamizga ko'z tegmasin muzdekkina.
Dilyoraga hech narsa yoqmayotgandi hatto shu yerdagi hamkasblarining gaplari ham asablarini tarang qilyapti.
Shu onda koridorda bir ikki kishining qadam tovushlari eshitildi. Odatda bunday vaqtda 4-Etajga hech kim chiqmaydi. Demak u kutilayotgan rahbar bo'lishi mumkin.
Dilyoraning yurak urishi gupullab o'ziga ham eshitilib turardi. Qadam tovushlari yaqinlashgani sari uning yurak zarbi ham ortib boraverdi.
-Hayrli kun.
-A.. Assalomalekum kelinglar..
-Mana sizlar uchun tayinlangan rahbar Shu kishi Javohir Yunusov bo'ladilar.
-Diyora sen...
Ko'z ko'zga tushdi,xotiralar uyg'ondi. Qalblar esa sog'inchdan so'ylay boshladilar.
-Nahotki uni topgan bo'lsam mana yana qarshimda turibdi.
-Qo'rqqanim bo'ldi endi nima qilaman. Ko'z oldimda bi'lsa uni qanday unutaman.O'tgan to'rt yil ichida unuta oldimmi o'zi.
-Qanchalar baxtli ediga nega hech bir sababsiz tark etding meni.
-Qani endi hammasini ayta olsam.Yoq hech qachon buni sizga ravo ko'rolmayman. O'sha voqeadan keyin bir soniya ham qololmasdim u uyda.
-Uni topdim o'zingga shukurlar bo'lsin.
-O'zing sabr ber Ollohim biror hatoga yo'l qo'ymasligimga.
-A , Javohir sizlar taniahmisizlar?
-Ha shunchaki tanishlarmiz bolalikdan bir mahallada ulg'ayganmiz.
-Unda juda yaxshi bo'ldibdida. Sizga kotiba qidirib o'tirishga ham hojat qolmadi. Mana Dilyoraning o'zi bu yoqdagi ishlarini ham uddalaydi sizga ham yordamlaahadi. To'g'rimi?
-Haligi..
-Men senga ishonaman. Mana tanish ham ekansizlar. Hech qanday muammo bo'lmaydi
Siz bunga qarshi emasmisiz Javohir.
-Yoq men uchun ham shunisi yaxshi.
-Ana bir o'a bilan ikki quyonni urdik.
Javohir yana bir gap.
-Eshitaman.
-Sizning xonangiz hozirda ta'mirlanyapti. Uch to'rt kun hodimlaringiz bilan o'tirib turaverasizmi.
-Albatta bu tanishib olishimiz uchun ham qulay fursat bo'lardi.
-Tushunganingiz uchun ham raxmat. Endi sizlarni yolg'iz qoldiraman yaxshi ishlanglar.
Shuhrat aka chiqib ketdi.
Qolganlar nima qilishlarini bilmasdi. Dilyora ham o'zini zo'rg'a ushlab turibdi. Biror bahona topib shu xonadan chiqib ketsa bo'ldi.
-Men otdel kadrga mana bu hujjatlarni topshirishim kerak edi deya stoli ustidan duch kelgan qog'ozlarni oldida javobni ham kutmasdan xonadan otilib chiqib ketdi. Shu ko'yi ayollar yuvinish xonasiga kirdi. Hozirgi ahvolida eng behavotir joy shu yer edi..Xonaga kirishi bila ichidagi toshib kelayotgan faryodni tutib tura olmadi.
-Nega u keldi nega. Bu to'g'ri emas. Men yana azoblanishni qiynalishni hohlamayman. Ahir hammasi yaxshi ketayotgandiku. Balki uylangandir farzandli ham bo'lgandir. U ko'z oldimda bo'lsa qanday o'zimni tutib turaman. Yelkasiga bosh qo'yib quchog'iga otilishdan qanday to'xtataman o'zimni. Ko'z ochib ko'rgan insonim bir yostiqqa bosh qo'ygan jufti halolim yonimda bo'ladiyu qanday qilib unga begonalardek munosabatda bo'laman. Bu imkonsiz ishni qanday uddalayman. Qanday qanday qanday .
Uning tinchligi uchun oilasi jigarlari uchun hamma narsadan voz kechdim. Hatto jondan aziz insonimdan ham. Yaqinlarimdan ham uzoqlashdim faqatgina u uchun. Ha, hammasi u uchun edi. Mem hammasiga rozi bo'ldim taqdirimga ko'ndim. Nima bo'lsa ham bu yog'i peshonamdan dedim, lekin nega u yana qarshimda paydo bo'ldi.. Taqdirning achchiq hazilimi bu. Dilyora yarim soatcha o'tirib ko'ngli bo'shaguncha yig'lab oz bo'lsada o'ziga kelib oldi. Oynadagi aksini ko'rib eaa hafsalasi pir bo'ldi. Yaxshi hamki telefoni yonida ekan. Sabinaga qo'ng'iroq qilib sumkasini olib tushib berishini iltimos qildi. Sabina kelib bu ahvoliga izoh so'raganida mazasi bo'lmayotganini bahona qildi. Qil qimirlasa quloqlari ding turadigan Sabinani bu holat beetibor qoldirmadi albatta. Xonadan chiqishi bilan kelgandidan beri Dilyirani hushlamaydigan unga yomonlik tilaydigan Go'zalning oldiga yugurdi.
Davomi bor✍
« Oldingi 20 dan 1569 Keyingi »

0 0
Bloger: * Lucky girl
* * Lucky girl
Davomi koʻp kun davomida tawab turaman davomini