DILYORA
9 Noy 2019   0   14   1   0
DILYORA
1-QISM
-Nafaqaga chiqishingizga hali ancha erta edi.
-Meni o'rnim shu yergacha ekan. Endi yoshlar ham ishlasinda.
-Baribir hech kim sizdek bo'lolmaydi. Siz ishdan ham hayotdan ham katta saboq berdingiz bizga.
-Bunchalik maqtama e bolmasa fikrim o'zgarib qoladiya.
-Ajoyib bo'lar edi.
-Yur endi tashqariga chiqaylik boshqalar ham kutib qolishdi.
Adolat Hamraevnaning bu bo'limni o'z boshqaruviga olganiga o'n yilcha to'ldi.
Mana endi sog'ligidagi bazi muammolar tufayli o'z hohishi bilan nafaqaga chiqyapti. Dilyoraning bu yerga ishga kelganiga 3 yil bo'ldi. Mana shu uch yil ichida tirishqoqligi mehnatsevarligi tufayli ko'plap yutuqlarga erishdi. Bunda Adolat opaning yordami ham muhim o'rin egalladi.
Dilyora uni o'z onasidek yaxshi ko'rardi. Shuning uchunmi Adolat opaning ketishi unga qattiq ta'sir qilayotgandi. Barcha uchun sevimli va qadrli bo'lib qolgan rahbarni hodimlari ko'zida yosh bilan kuzatib qolishdi.
***
Barvaqt uyg'ongan Dilyoraning yuragi g'ashlanib bezovtalana boshladi. Nega bunday bo'lyapti o'zi ham tushunmaydi. Shu ko'yi o'rnidan turib nonushta ham qilgisi kelmaybirov sudragandek bo'lib ishga jo'nadi.
Vaqt oqar daryo bir pasda oradan to'rt yil o'tib ketibdi. Dilyora miyasida ming hil hayol bilan ishxonaga yetib keldi.
-Bugun kechga qopdingizmi ,-har doimgidek mahmadonalik qildi Robiya.
-Ha ,yo'llar tirband ekan shunga shekilli. Nega hamma joy jim jit odatda Majburiy Ijro byurosidabu hol kamdan kam bo'ladi.
-Hamma majlisda.
-Nega?
-Bizga rahbar tayinlanishi kerak ekan.
-Yangi kelibdimi?
-Bilmasam menimcha shu yerdagilardan birortasini qo'yishsa kerak.
-Balki bo'lishi mumkin.
Chamasi bir soatlardan so'ng bugalter Ilhom aka kirib keldi.
-Majlis nima bo'ldi Ilhom aka.
Bizga kimni qo'yishdi.
-Hop avvaliga shu yerdagi nomzodlardan birini qo'ymoqchi bo'lishdi. Keyin boshqarmadan qo'ng'iroq bo'lib qoldi.Shu bilan sizlarga rahbarni ular tayinlaydigan bo'lishdi. Deyarli tayinlandi ham.Bugun tushdan keyin kelishi ham mumkin.
-Kim ekan u.
-Shu Toshkent viloyatidan ismini nima deyishdiya hozir ... Adashmasam Yunusov Javohir degan yigit .
-Ooo,Yigit deng...
-Kim dedingiz...
-Javohir Yunosov.
-Toshkent viloyatidan ekanmi?
-Ha Toshken viloyati Yangiyo'l tumanidan. Sen ham o'sha yerdanman degansana Dilyora.
-Ha...
-Balki tanish ham chiqib qolarsizlar. Bopti sizlarga gap sotib o'tirishimni qarang. Bir dunyo ishlarim bor o'zi meni.
-Avans qachon endi Ilhom aka.
-Sabr qil ukam sabr bugun erta tushib qolishi kerak.
Dilyora o'tirgan yerida toshdek qotdi. Ishqilib u bo'lmasin... Ich ichidan o'kinch alam toshib kela boshladi. Armonlari o'tmishi g'alayon kl'tarib yuragi siqildi. Yoq men unutganman. U bo'lsa nima hamma hammasini unutganman. endi u bilan yo'llarimiz ayro,taqdirimiz tutashmaydi aslo. Yig'lamayman hech qachon yig'lamayman.
-Dilyora...-Hoy seni chaqiryapman nega hayol surib qolding. Yoki kim kelarkan deb o'ylayapsanmi.
-Nega chaqirding?.
-Go'zal keldi kvartalnoe hisobotlarni olib borishing kerak ekan.
-Hop.
-Nima bo'ldi unga bugun negaadir boshqacha.
-Charchagandir mazasi yo'qdir. Inson har doim ham bir hil kayfiyatda yurmaydiku.
-Voy bo darrov yoniga tushasza Aziz aka.
-To'g'rida birovni g'iybatini qilguncha ishingizni qiling.
-Bularga gapirgini qoch bo'lmasa seni ham yeb qo'yishadi.
Bittasiga gapirsang o'ntasi yoniga tushadi.
-Bo'ldi qilinglar dedim...
Davomi bor.
« Oldingi 21 dan 1569 Keyingi »

1 0
Bloger: * Lucky girl
Sharhlar yo`q