KUMUSH
25 Аvg 2019   0   4   1   0
Kulgularing chiroyli
Mani aqlimni oldi
Qora uzun sochlaring
Mani devona etdi
Yurakka tushdi olov
Yonaverdi lovillab
O'chirolmaydi birov
O'tmasang menga qarab
Quraylik bahtli turmush
Men bilan qolgin Kumush
Agar bo'lsa bu bir tush
Uyg'onmaylik xech Kumush
Olib qochma o'zingni
Yashirmagin yuzingni
Har kun eshitay deyman
Seni shirin so'zingni
Qalbimnig farishtasi
Yuragimning egasi
Meni yonimda qolib
Bo'l uyimning bekasi
Quraylik bahtli turmush
Men bilan qolgin Kumush
Agar bo'lsa bu bir tush
Uyg'onmaylik xech Kumush
Sog'inaman ko'rmasam
Gar sen bilan yurmasam
Sevasanmi deganda
Nega deysan bilmasam
Sevaman de boringcha
Eshitay men o'lguncha
Bahtli qilay bir umr
Toki dunyo turguncha
Quraylik bahtli turmush
Men bilan qolgin Kumush
Agar bo'lsa bu bir tush
Uyg'onmaylik xech Kumush
11.12.2017
« Oldingi 41 dan 1569 Keyingi »

1 0
Bloger: KUMUSH
Sharhlar yo`q