Kongildan emas kongilda qoling
21 Аvg 2019   0   3   0   0
Ey birodar, bu hayotda bir bor yashaysiz
Bir bora tuģilib bir bor òlasiz
Qachon bu hayotning qadrin bilasiz.
Hayotdan zavq olib yashashni biling
Kòngildan emas, kòngilda qoling.
Mayli, sizni har kun ģiybat qilishsin
Mayli, sizni faqat yomon deyishsin
Eng muhimi sizni kòngliz pok bòlsin.
Kimgadir quvonch berib yashashni biling
Kòngildan emas, kòngilda qoling.
Yurgan yòlingizni xato deyishsa
Yutuģiz kòrolmay hasad qilishsa
Ular faqat òzin tanho bilishsa.
Siz bularga qòl siltab, kulishni biling
Kòngildan emas, kòngilda qoling.
Yaxshilik qiling qòldan kelgancha
Sadaqa bering imkon boricha
Mehrli bòling umriz yetguncha.
Yaqinlar kònglini olishni biling
Kòngildan emas, kòngilda qoling.
Ollohim sinov uchun boylik berganda
Gohi ģam gohida shodlik berganda
Sizni chindan sevuvchi yurak berganda.
Doimo Ollohga shukrlar qiling
Kòngildan emas, kòngilda qoling.
Hech qachon qayģurmang, baxtim kam deya
Òtmishim tarixi faqat ģam deya
Nolimang, "sinovingdan tòydim men" deya.
Dard kelganda sabr ham qilishni biling
Kòngildan emas, kòngilda qoling.
Ishoning siz kutgan kunlar keladi
Sabr qilgan inson baxtli bòladi
Baxt qushi boshizga bir kun qònadi.
Siz faqat kimgadir baxt bera oling
Kòngildan emas, kòngilda qoling.
Unutib ketilar dilda armonlar
Topilar dardizga malham, darmonlar
Jazosin oladi albat yomonlar.
Bariga Xudo bor deb, ģamni unuting
Kòngildan emas, kòngilda qoling.
Sizga kimdir yoqmasa, mayli indamang
Unga qòpol sòzlab dilin ranjitmang
Siz osmon, u yer emas shuni unutmang.
Barchaga birdayin samimiy bòling
Kòngildan emas, kòngilda qoling.
Yomonlik qilganga yaxshilik qiling
Ustizdan kulganni bir chetga suring
Dilda gina saqlamang, barin unuting.
Ne bòlsa ham siz doim tabassum qiling
Kòngildan emas, kòngilda qoling.
« Oldingi 51 dan 1569 Keyingi »

0 0
Sharhlar yo`q