Mudom yorug‘ bo‘lsin ...
24 Мay 2019   2   7   1   0
Mudom yorug‘ bo‘lsin darchalaringiz!
Menga ko‘chib o‘tsin barcha dardingiz!
Men sizni avaylab charchamadim hech,
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.
Goho yomon qarab, goh qaramasdan,
Goho yolg‘on kulib, goh kulib rostdan,
Goho erkalanmay, erkalamasdan,
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.
Kimning qo‘lini sal uzoq tutdingiz,
Qaygadir ketdingiz, shoshib ketdingiz.
Yonimdan ko‘rmagan bo‘lib o‘tdingiz,
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.
Yosh bola emasdim, ko‘pni ko‘rgandim,
Hammaning ustidan kulib yurgandim.
Lek sizga boladek qattiq o‘rgandim…
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.
Xohlasang olasan, agar shoh bersa,
Qayoqqa borasan, tangri – haq bersa.
Nima ham der edim, sizga zavq bersa…
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.
« Oldingi 55 dan 1540 Keyingi »

1 0
Bloger: Udalit Pirofil
* Udalit Pirofil
SANOWKA , raxmat