Ko'kdan tushib ishqqa u ...
24 Мay 2019   0   7   1   0
Ko'kdan tushib ishqqa urilib ketdim,
Sirg'anchiq yoshimga surinib ketdim.
Bitta sizga yomon ko'rinib ketdim,
Yomonligim haqqi yaxshi ko'rarsiz.
Dilingiz tilanib dilimni aytdim,
Axir bu sevmoq va sevilmoq paytim.
Dodlab quvlasangiz shodlanib qaytdim.
Omonligim haqqi yaxshi ko'rarsiz.
Suysam bitta sizni suyib eridim,
Sham bo'ldim, dilimni o'yib eridim.
Yo'llarga boshimni qo'yib eridim,
Tamomligim haqqi yaxshi ko'rarsiz.
« Oldingi 56 dan 1540 Keyingi »

1 0
Bloger: Udalit Pirofil
Sharhlar yo`q