​​Bir kun...
Endi ...
22 Мay 2019   0   10   1   1
​​Bir kun...
Endi o'sha baxtli damlar o'tib ketdi,
Qilgan barcha orzularim bo'ldi armon.
Nahot sevgi sahifamiz tugab bitdi,
Endi birga bo'lolmaymiz hech qachon.
Endi mangu unutmayman men seni,
Sening yoding bir zum ketmas nariga.
Qani qaytsa o'sha damning bir kuni,
Hatto jonimni berardim evaziga.
Har kun bedor o'ylayverib sen haqda,
Ado bo'ldim ahir qanday o'ylamay.
Yana kurolsaydim seni bir marta,
Keyin rozi edim ortiq yashamay.
Dunyo ichra dunyoyimsan bilasan,
Shu kungacha faqat seni deganman.
Yuragim tubida asrab doim seni,
O'zimdan ham kechib seni sevganman.
Nega uzoqlashar oradan ora,
Chuqurlashib borar nega vaziyat.
Ahir uzoqlashib ketyapmiz qara,
Nega qilmayapsan sen ahamiyat.
Bir kun bedor bo'lib sen ham men kabi,
Seni har kun o'ylagandek o'ylab kur.
Ana shunda tishunarsan holimni,
Va menga qanchalar ekanin og'ir.
Vujudim muzlagan ko'zlarimda yosh,
Yuragim og'riydi yetishmas nafas.
Hazonlar nimtalar umidlarimni,
Azobim bir dunyo ichimga sig'mas.
Har kun bedor o'ylayverib sen haqda,
Ado bo'ldim ahir qanday o'ylamay.
Seni kurolsaydim yana bir marta,
Keyin rozi edim ortiq yashamay.
« Oldingi 19 dan 1503 Keyingi »

1 1
Bloger: Udalit Pirofil
Sharhlar yo`q