​​Seni seva olmayman ...
22 Мay 2019   0   10   0   1
​​Seni seva olmayman...
Yig'lamagin yulduzim,
Og'ir botmasin so'zim.
Tushun ahir yolg'izim,
Seni seva olmayman.
Botmasin so'zim og'ir,
Anglarsan dardim oxir.
Tushungin sen ham ahir,
Seni seva olmayman.
Yuragim o'zimdamas,
Netay menga buysinmas.
Men sevgan qiz sen emas,
Seni seva olmayman.
Ne foyda topgum aldab,
Yolg'on muhabbat atab.
Mendan qilma ishq talab,
Seni seva olmayman.
Qoldirmay meni chuqda,
Hammasiga qo'y nuqta.
Yuragimda joy yo'qda,
Seni seva olmayman.
Kunglingni ber sevganga,
Suykalma suymaganga.
Ahir aytganman senga,
Seni seva olmayman.
Chiroylisan go'zalsan,
Bir kun baxting toparsan.
Gaplarim rost chindan ham,
Seni seva olmayman.
Imkon kutib har ondan,
Yurak to'ldi hijrondan.
Yetar ortiq yolg'ondan,
Yoningda yasholmayman.
SENI SEVA OLMAYMAN!
« Oldingi 60 dan 1540 Keyingi »

0 1
Bloger: Udalit Pirofil
Sharhlar yo`q