​​Qiynalsang sog'in ...
22 Мay 2019   0   5   0   1
​​Qiynalsang sog'inchdan cho'zilsa kunlar,
Hijronlar zarbidan og'ringan bo'lsang.
Qush bo'lib,yo bo'lib kapalak, tunlar
Tushinga kiraman sog'ingan bo'lsang
Sevgilim meni deb yutma sog'inch g'am
Sendanda ortiqroq sog'indim men ham
Chaqirsang yoninga borolmasam ham
Tushinga kiraman sog'ingan bo'lsang
Oramiz ko'p yiroq olis masofa
Ko'nglimiz lek yaqin bir o'ylab ko'rsang
Jonginam sen mendan bo'lmagin hafa
Tushinga kiraman sog'ingan bo'lsang
Ko'rasan bu kunlar o'tar bir pasta
Yuraging qiynama bo'lmagin hasta
Oroming buzmayin sezdirmay asta
Tushinga kiraman sog'ingan bo'lsang...
« Oldingi 22 dan 1503 Keyingi »

0 1
Bloger: Udalit Pirofil
Sharhlar yo`q