Jonim Onam
19 Мay 2019   0   15   7   0
Yurak bag'rim azoblardan to'lib ketsa
Ko'zlarimdan behudaga yoshlar oqsa
Bir kun kelib do'stlarimdan g'am sog'insam
Mehringizni sog'inaman jonim onam
Bu hayotning g'am anduhi boshim eksa
Ko'z oldimda hayot go'yo zulmat bo'lsa
Jonsiz vujud bir kun mehr istasa
Mehringizni sog'inaman jonim onam
Baxtga yetishmoq oson ish emas
Bu yo'lda yiqilmoq qoqilmoqlik bor
Mehr ustuniga zoriqsam siz bor
Mehringizni sog'inaman jonim onam
Mayli g'amning devori ustun bo'lsaham
Mayli dardning azobi kuchli bo'lsaham
Bilaman onajon siz men bilansiz
Mehringizni sog'inaman jonim onam
Bu dunyoda ko'zlarimni nuri onam
Yuragida mehri daryo munis onam
Yoningizda baxtim butun jonim onam
Mehringizni sog'inaman jonim onam
« Oldingi 23 dan 1503 Keyingi »

7 0
Bloger: KUMUSH
Sharhlar yo`q