Мен нам номоз окман Тг.
3 Мay 2019   1   14   2   0
Men ham namoz o'qiyman:
NAMOZ
Namoz Islomning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Alloh taolo bandalariga farz qilib qo‘ygan. Namoz Alloh bergan hadsiz-hisobsiz ne’matlarga bandasining shukronasi hamdir. Namoz ibodati tufayli kishining Alloh nazdidagi darajasi yuksaladi. Namozxon oxirat hayotiga tayyorgarlik ko‘rib boradi. Turli bahonalar bilan namoz o‘qimay yurgan kishi Allohning buyrug‘iga qarshi chiqqan bo‘ladi. Bu esa, katta musibatdir. Qur’oni karimda namoz o‘qish amr etilgan ko‘plab oyatlar bor (mazmunlari):
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).
«Darhaqiqat, mo‘minlar najot topdilar. Ular namozlarga (qo‘rquv va umid bilan) bo‘yin eguvchi kishilardirlar. Ular (barcha) namozlarni (vaqtida ado etib qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi kishilardir» (Mo‘minlar, 12, 9).
«Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur! Albatta, Allohning zikri (barcha narsadan) ulug‘dir!» (Ankabut, 45).
HADISLARDAN NAMUNALAR
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi».
* «Namoz jannatning kalitidir».
* «Namoz dinning ustunidir».
* «Namoz mo‘minning me’rojidir».
« Oldingi 43 dan 1503 Keyingi »

2 0
Bloger: PROSTA PARIN